Yaman husiylari Isroil aviabazasiga gipertovushli raketada zarba berdi

Isroil G‘azo sektorini o‘qqa tutishni tiklashiga javoban, Yaman husiylari Negev cho‘lida joylashgan Isroil harbiy-havo kuchlari bazasiga «Falastin-2» gipertovushli raketasida zarba berishdi. Al Masirah telekanali bu haqda husiylarga asoslanib xabar tarqatdi.
Raketa nishonga yetib borganini ta’kidlagan husiylar, «G‘azoda qon to‘kish to‘xtatilmasa», Isroilga hujumlar ko‘lamini tez orada kengaytirishlarini ma’lum qilishdi.
18-mart kuni Isroil HAMASga qarshi harbiy amaliyotni qayta boshlab, G‘azo sektoriga havodan hujum qilishga o‘tdi. Falastin yarashuv davrini uzaytirish va garovga olinganlarni ozodlikka chiqarish bo‘yicha AQSh talabiga ko‘nmagani sababli Isroil G‘azoni qonga botirishni yana davom ettirayotgani aytilmoqda.
G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, Isroilning G‘azo sektori bo‘ylab havo hujumlari oqibatida 230 dan ortiq falastinlik halok bo‘lgan, ularning aksariyati ayollar va bolalar bor. 300 nafardan ortiq falastinlik jarohatlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter