Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yakkasaroy tuman prokurori N.Allabergenova «81 ta daraxt voqeasi» sabab «hayfsan» oldi

Yakkasaroy tuman prokurori N.Allabergenova «81 ta daraxt voqeasi»  sabab «hayfsan» oldi

Foto: Toshkent shahar prokuraturasi matbuot xizmati

Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Yunus Rajabiy ko‘chasida 81 ta daraxt kesilgani va aybdorlar qariyb 2 mlrd jarima to‘lagani xabar berilgandi.

23 fevral kuni Toshkent shahar prokuraturasida mazkur holat yuzasidan tezkor yig‘ilish o‘tkazilgan.

Poytaxt prokuraturasi matbuot xizmatiga ko‘ra, Toshkent shahar prokurorining buyrug‘i bilan Yakkasaroy tuman prokurori N.A.Allabergenovaga o‘z xizmat vazifasini lozim darajada bajarmay, tumanda qonunlar ijrosi ustidan yetarli prokuror nazoratini o‘rnatmagani uchun «hayfsan»  e’lon qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring