Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Xuddiki Iroqda «demokratiya» o‘rnatishgandek...»

«Xuddiki Iroqda «demokratiya» o‘rnatishgandek...»

Foto: «Sputnik»

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova AQSh davlat departamentida «Venesuela bo‘yicha maxsus vakil» lavozimi joriy etilganiga munosabat bildirar ekan, bu bilan qo‘shma shtatlar ushbu davlatni o‘zining navbatdagi vassaliga aylantirishga urinayotganini ko‘rsatadi, dedi. Bu haqda «life.ru» xabar bermoqda.

«Bu ochiqdan-ochiq Venesuela ichki ishlariga aralashish va u yerdagi siyosiy jarayonni boshqarishga urinish bo‘lmay, nima?!» – deya zaharxanda qiladi Zaxarova xonim. So‘ng davom etadi: «...AQSh Iroqda «demokratiya» o‘rnatdimi? Liviyada-chi? Suriyada ham «demokratiya» o‘rnatishmoqchi edi, biroq o‘xshamadi, to‘g‘rirog‘i, bunga yo‘l qo‘yilmadi».

Kuni kecha AQSh davlat departamentida «Venesuela bo‘yicha maxsus vakil» lavozimi joriy etgani xabar qilingan edi. Bu lavozimni sobiq diplomat Elliot Abrams egallashi ham kechaning o‘zidayoq ma’lum bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring