Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xuddi turk seriallarining o‘zi: Andijon hokimining yana bir audiosi tarqaldi

Xuddi turk seriallarining o‘zi: Andijon hokimining yana bir audiosi tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning ovozi  deyilayotgan navbatdagi audio tarqaldi.  Katta ehtimol bilan bu audio hokimning kecha tarqalgan «nutqi»ning davomi bo‘lishi mumkin. Chunki, ovozdan tashqari ohang ham derli bir xil.

Bu safargi audioda yangragan gaplar Sh. Abdurahmonovning tadbirkorlar bilan munosabati haqida  tasavvur beradi. Ya’nikim, hokim qachon o‘tgani noma’lum yig‘ilishda Toshkentdan kelgan mutasaddi (Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov) ishtirokida tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvni eslaydi. Audio mazmunicha, poytaxtlik mehmonning «Kimda qanday murojaat  bor?» savoliga uchta mahalliy tadbirkor qo‘l ko‘taradi. Shundan keyin hokimniki «qo‘zib ketadi» va «Tur o‘rningdan, nima murojaating bor, bo‘lsa, ayt?!» deydi. Qo‘l ko‘targan odam esa «ha, endi..» deb chaylanganini aytar ekan, hokim u  «bilmay qo‘l ko‘tarvorganini» urg‘ulaydi va «Andijon shahrining shakali»ga o‘xshatadi.

Gapining davomida Sh. Abdurahmonov kim Bosh vazirga murojaat qilsa, (o‘sha murojaat) baribir o‘ziga kelishi, mabodo, biror shikoyat Toshkent orqali kelsa, (murojaaatchining) ketiga (hokim shu so‘zning qo‘pol muqobilini ishlatadi) tepishini ta’kidlaydi.

Audio nihoyasida «ikkita sassiqning gapi bilan hech narsa o‘zgarib qolmasligi», «noma’lum shaxs(lar)ga qarata senlarni odam tuqqanmi yo it tuqqanmi?», «E, semirmay o‘l, to‘ng‘iz!» degan haqoratlar bor...

Eslatib o‘tamiz, Andijon viloyati hokimining kecha tarqalgan audiosi yuzasidan bildirilgan munosabatda ovoz Sh. Abdurahmonovga tegishli ekani tan olinib,  u «ikki yil muqaddam yozib olinganligi» ta’kidlangan edi.

Audioyozuvning ikkinchi  -  «shallaqi» ayollarni 15 sutkaga «tiqib qo‘ygani» haqidagi qismi xususida esa lom-lim deyilmagan.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring