Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

XTV mehnat ta’tili puli kechikayotgani bo‘yicha bayonot berdi

XTV mehnat ta’tili puli kechikayotgani bo‘yicha bayonot berdi

Foto: «Xabar.uz»

Xalq ta’limi vazirligiga o‘qituvchilar tomonidan ayrim hududlarda mehnat ta’tili to‘lovi kechikayotganligi va kamaytirib to‘lash holatlari yuzasidan murojaatlar kelib tushmoqda.

Mazkur masalalarga oydinlik kiritish maqsadida XTV quyidagilar ma’lum qildi: 

2022 yilda pedagog xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq yillik mehnat ta’tili berilib, bir yil davomida to‘liq ishlagan o‘qituvchilarga 48 kun hisobidan to‘liq mehnat ta’tili pullari to‘lab beriladi. 

Ishga kirganiga bir yil bo‘lmagan o‘qituvchilarga esa mehnat ta’tili puli ularning ishlagan davriga mutanosib ravishda to‘lanadi (bunda mehnat ta’tili davri 48 kundan iborat bo‘ladi).

Bugungi kunda «UzASBO» dasturiy majmuasida mehnat ta’tili to‘lovlarini amalga oshirishda kuzatilgan texnik nosozliklar tezkor ravishda tegishli vazirliklar bilan hamkorlikda bartaraf etilib, ushbu to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati qayta tiklandi. 

Bugundan boshlab maktab xodimlariga mehnat ta’tili to‘lovlari to‘lab boriladi. 

Mehnat ta’tili to‘lovlarini amalga oshirishda muammo va tushunmovchiliklar yuzaga kelganda vazirlikning 71 202-09-09 Ishonch telefonlariga murojaat qilishingiz mumkin, deyiladi bayonotda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring