Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda YTH oqibatida 4 kishi qurbon bo‘ldi

Xorazmda YTH oqibatida 4 kishi qurbon bo‘ldi

Foto: Tergov departamenti

2019 yil 15 dekabr kuni taxminan soat 23:30larda 32 yoshli M.M. «Kobalt» rusumli avtomashinasini «Tuzloq» mahallasi hududidan o‘tuvchi ichki yo‘lda boshqarib kelib, shu yo‘nalishda o‘zining oldida harakatlanib ketayotgan, 43 yoshli N.S. boshqaruvida bo‘lgan «Tiko» rusumli avtomashinasini orqa tomoniga urilib, yo‘l transport hodisasi sodir etgan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, YTH oqibatida «Tiko» yo‘lovchilari 43 yoshli O‘.A. va ayollar — 42 yoshli B.J., 41 yoshli D.Yu., 17 yoshli Yo.R.lar og‘ir tan jarohati olib, Yangiariq tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilganlar. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, ularning barchasi shifoxonada vafot etishgan.

Mazkur xolat yuzasidan Yangiariq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyati ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring