Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda hokim o‘rinbosari 33 yoshida vafot etdi 

Xorazmda hokim o‘rinbosari 33 yoshida vafot etdi 

Xorazm viloyati Gurlan tumani hokimining o‘rinbosari Umid Jumagaldiyev 17 mart kuni vafot etdi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi axborot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, 17 mart kuni tuman Investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i Umid Jumagaldiyev baxtsiz voqea oqibatida vafot etgan. U 2021 yilda tuman hokimi o‘rinbosari etib tayinlangan.

Umid Jumagaldiyev 1990 yilda Gurlan tumani Xazorasp qishlog‘ida tug‘ilgan, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchisi. Uning 3 nafar voyaga yetmagan farzandi bor. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring