«Xorazm – Toshovuz» chegaraoldi savdo zonasining qurilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘ldi
Ashxobodda «Toshkent» bog‘i ochilganidan so‘ng, shu yerning o‘zida «Xorazm – Toshovuz» chegaraoldi savdo zonasining qurilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘ldi.
Chegaraoldi savdo zonasi ikki mamlakatning chegaradosh hududida, «Shovot – Toshovuz» o‘tkazish punkti yonida qurilmoqda. Uning umumiy maydoni 20 gektarni tashkil etadi.
Bugun ushbu maskanni barpo etishni ishlarini davom ettirish va uning faoliyatini tartibga solish bo‘yicha bayonnoma ham imzolandi. Hududda savdo rastalari, omborxonalar, konteynerlar uchun maydonchalar va tadbirkorlar uchun ish joylaridan iborat zamonaviy infratuzilma yaratish rejalashtirilgan. Ushbu savdo hududi o‘zaro savdoning oshishiga, biznes aloqalarning faollashishiga xizmat qiladi.
Xorazm va Toshovuz viloyati oqsoqollari, mutasaddilar videoaloqa orqali barchani ushbu voqea bilan tabriklab, qurilishni boshlashga ruxsat so‘radi.
O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari bu xayrli ishga oq fotiha berdi.
Ikki xalq do‘stligi va farovonligiga xizmat qiladigan yana ko‘plab qo‘shma loyihalar amalga oshirilishiga ishonch bildirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter