XOQ va Tokio-2020 tashkiliy qo‘mitasining qo‘shma bayonoti: Olimpiada qoldiriladi
Tomas Bax, Xalqaro Olimpia qo‘mitasi (XOQ) prezidenti va Yaponiya Bosh vaziri Sinzo Abe Tokio Olimpiadasi qoldirilganini e’lon qildi. Bu haqda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi sayti ma’lum qildi.
Prezident Bax va Bosh vazir Abe butun dunyo bo‘ylab COVID-19 pandemiyasining odamlar hayoti uchun zararli tomonlari va butun dunyo bo‘ylab sportchilarni o‘yinlarga tayyorlanishiga ta’siri haqida gapirib o‘tishdi.
Kecha Butunjahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adhanom, COVID-19 pandemiyasi tarqalish tezligi katta ekanligini ta’kidlagan.
Hozirgi sharoitda JSST tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, XOQ prezidenti va Yaponiya Bosh vaziri Tokioda bo‘lib o‘tadigan XXXII Olimpiada o‘yinlarini Tokio olimpiadasi 2021 yilning yoziga qoldirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter