Xizmat xonasini qimorxonaga aylantirgan mas’ullar ishdan haydaldi
24-oktyabr, seshanba kuni ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tuman hokimi yordamchisi va moliya bo‘limi boshlig‘i ekani aytilgan shaxslarning xizmat xonasida qimor o‘ynayotgani aks etgan surat tarqalgan va bir muddat o‘tib tuman hokimligi holat yuzasidan o‘rganish boshlanganini va natijalari haqida e’lon qilinishini bildirgan edi.
Mazkur holatga Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi ham e’tibor qaratib, har bir davlat xizmatchisining odob-axloq qoidalariga rioya qilish majburiyati borligini eslatmoqda.
Agentlik, o‘z navbatida, Uchko‘prik tumanidagi davlat tashkilotlarining mas’ul xodimlarining odob-axloq normalariga zid xarakatlari yuzasidan o‘sha kunning o‘zida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg‘ona viloyati filiali nazoratida o‘rganish boshlanganini ma’lum qiladi.
«Masala tashkilotlar qoshidagi Odob-axloq komissiyasida muhokama qilindi. Ayni damda har ikkala mas’ul shaxsning davlat xizmatida faoliyat yuritmayotganligini ma’lum qilamiz. Shuningdek, holat yuzasidan Uchko‘prik tumani IIB tomonidan surishtiruv ishlari boshlangan.
Ayni kunlarda davlat xizmatchilari orasida Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari yuzasidan qo‘shimcha tushuntirish ishlari olib borilmoqda», – deyiladi Agentlik xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter