Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyliklarning «ot yurishi»: Redmi K60 tez kunlarda taqdim etiladi

Xitoyliklarning «ot yurishi»: Redmi K60 tez kunlarda taqdim etiladi

Foto: Ferra.ru

Ko‘pchilik Redmi K60 smartfonlari 2023-yilning dastlabki haftalarida taqdim etilishini kutib turgan bir pallada Xiaomi kompaniyasi «ot yurishi»ni amalga oshirdi: flagman taqdimoti shu haftadayoq o‘tkaziladi.

Xitoy brendi «kutilganidan ertaroq, taxmin qilinganidan tezroq» shiori ostidagi tadbir yaqin kunlarda o‘tkazilishini e’lon qildi. Nufuzli insayderlarning aytishlaricha, flagman taqdimoti 27-dekabrga belgilangan.

Qolaversa, reliz ham 2023-yilga qolmaydi — aytishlaricha, Xiaomi Yangi yil arafasida, 31-dekabr kuni Redmi K60 smartfonlarini sotishni boshlaydi.

Sizdirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, yangi smartfonda top turkumiga mansub Snapdragon 8 Gen 2 protsessori, 2K yechimga ega sifatli AMOLED-displey, Sony IMX800 kamerasi ishlatiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring