Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyliklar Oyga doir bir ma’lumotni yangilashdi

Xitoyliklar Oyga doir bir ma’lumotni yangilashdi

Foto: Daily Express

Oyda vulqonlar otilishi, oldingi hisob-kitoblardan farqli ravishda, milliard yil kechroq tugagan. Yerga Xitoy qurilmasi keltirgan Oy tuprog‘i namunalarini o‘rgangan geologlar shunday xulosaga kelishdi. Tadqiqot bo‘yicha maqola Science Advances jurnalida e’lon qilindi.

2020-yilning oxirida Xitoy, sobiq Ittifoq va AQShdan so‘ng, Oy tuprog‘ini Yerga keltirgan uchinchi mamlakat bo‘ldi.

Sovet («Luna») va Amerika («Apollon») kemalari keltirgan Oy namunalarining yoshi 3 mlrd yildan oshishi aniqlangan, shu sababli uzoq yillardan beri Oy vulqonlar nuqtai nazaridan kamida 3 mlrd yillik «o‘lik tana», deb hisoblab kelingan.

Biroq xitoyliklar keltirgan namunalar Oyda vulqonlar ancha kech — kamida 2 mlrd yil avval so‘nganini isbotladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring