Xitoyda pochta indekslaridan voz kechishmoqchi...
Xitoyda posta indekslaridan voz kechishmoqchi. 2D dan 3D ga o‘tish fursati yetdi, deyishmoqda.
Yangi tizim joylashuvni aniqlash uchun ikkita koddan foydalanadi: birinchisi oddiy (eslab qolish oson bo‘lishi uchun), ikinchisi — yuqori aniqlikka ega maxsus kod (aftidan, birinchisi ikkinchisiga havola vazifasini o‘taydi).
Har bir kishi lokatsiyaga qarab (masalan, uyiga, ishxonasiga va h.o.) bunaqa kod-indekslardan bir nechtasini o‘zi yasab olaveradi va ularni manzili va indeksi o‘rniga ishlatadi.
Bunga o‘xshash tizim shu paytgacha harbiylar tomonidan ishlatilayotgandi.
Yangi kod-indekslar tizimi Xitoydagi barcha pochta va kurerlik kompaniyalari uchun umumiy bo‘ladi. Maqsad esa pochtani yetkazish tezligini oshirish va aksincha, qiymatini pasaytirishdir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter