Xitoyda oziq-ovqat mahsulotlari qadog‘idan koronavirus chiqdi
Xitoy bojxonasi Ekvadordan olib kelingan muzlatilgan oq qisqichbachalar qadog‘ida COVID-19 ni aniqlashdi, deya ma’lum qilgan XXR bojxona boshqarmasi import mahsulotlar xavfsizligi bo‘lim boshlig‘i Bi Kesin.
«3-iyul kuni Dalyan shahar bojxona boshqarmasi Ekvador kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan muzlatilgan Janubiy Amerika oq qisqichbaqalari konteyneridan sinama olgan. Qisqichbaqalarning uchta qadog‘idan COVID-19 ga olingan test natijalari musbat chiqdi», — dedi u matbuot anjumanida.
O‘sha kunning o‘zida Syamen shahar bojxona boshqarmasi ham Ekvador kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan muzlatilgan Janubiy Amerika oq qisqichbaqalarining ikkita qadog‘idan COVID-19 namunalarini topishgan.
Shunga qaramay, qisqichbaqalarning o‘zlari va qadoqning ichki tomonidan olingan test natijalari salbiy chiqqan.
Mutaxassislar Ekvadorning mazkur uchta kompaniyasi konteynerlari hamda mahsulotlar qadog‘i COVID-19 bilan zararlanish xavfi mavjudligidan ogohlantirishdi.
Ekspertlarning fikriga ko‘ra, test natijalari kasallikni yuqtirish ehtimoli borligidan dalolat bermaydi, lekin mazkur uchta korxona sanitariya xavfsizligiga to‘laqonli rioya qilmagan. Shu sababli Xitoy bojxonasi ushbu uchta korxonaning litsenziyasini vaqtincha bekor qilib, mahsulotlarini import qilishni taqiqlab qo‘ydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter