Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda ming yillik qabr o‘g‘rilari jazoga tortildi

Xitoyda ming yillik qabr o‘g‘rilari jazoga tortildi

Foto: «Zab.ru»

Xitoy sharqidagi sud qadimgi maqbaralarni talon-taroj qiluvchi to‘daning 30 nafar a’zosi hamda o‘g‘irlangan yodgorliklar olibsotarligi bilan shug‘ullanuvchi 6 kishining ustidan hukm o‘qidi, deya xabar berdi «REGNUM».

Anxoy provinsiyasi Xuaynan shahar Setszyasziy tuman xalq sudi maqbara talonchilarini 2 yildan 13 yilgacha qamoq jazosiga, shuningdek, turli miqdorda jarimalarga hukm qildi. Sudning aniqlashicha, Syu Goyu va Bay Vey boshchiligidagi to‘da 2016-yil iyuldan 2018-yil martgacha qadimgi maqbaralarni talon-taroj qilish bo‘yicha 21 ta jinoyatni amalga oshirgan.

O‘g‘irlangan yodgorliklar orasida mis qilich, bronza ko‘zgu va aqiq sochto‘g‘nog‘ich bor. Madaniy yodgorliklar departamentining ma’lum qilishicha, talon-taroj qilingan maqbaralar Jang qiluvchi hukmdorlar (miloddan avvalgi 475 — 221-yillar) va Xan sulolasi (miloddan avvalgi 202 — milodiy 220-yillar) davrlariga taalluqli.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring