Si Szinpin jurnalistlarni imtihon qiladi
«Figaro» gazetasi «South China Morning Post»ga asoslanib yozishicha, Xitoy jurnalistlari marksizm-leninizm hamda XXR raisi Si Szinpin ta’limoti bo‘yicha imtihondan o‘tkaziladi. Si Szinpinning ta’kidlashicha, jamoatchilik fikrini yo‘naltirish uchun jurnalistlar to‘g‘ri siyosiy rahbariyat yo‘lidan yurishi lozim.
Xitoylik jurnalistlar shunchaki o‘zlarini yaxshi tomondan ko‘rsata olishsa bas. Buning uchun ular kommunistik partiya va uning shubhasiz yetakchisi Si Szinpinga sodiqliklarini isbotlovchi imtihondan o‘tishlari kerak. Imtihondan o‘ta olmaganlar akkreditatsiyasidan mahrum bo‘ladi.
Rasmiy OAVning 10 000 dan ortiq jurnalistlari keyingi oydan boshlab maxsus mobil ilova yordamida partiyaga sodiqlik va kommunistik mafkura bo‘yicha bilimlar «sayyor testlari»dan o‘tkazila boshlanadi. Keyin esa milliy imtihonlar kutmoqda: jurnalistlar o‘z vazifalarini qanchalik uddalashayotgani aniqlanadi.
«Figaro»ga ko‘ra, Xitoyda davlat rahbari tomonidan mafkuraviy nazorat qayta tiklanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter