Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy ommaviy noroziliklar ortidan karantin talablarini yumshatdi

Xitoy ommaviy noroziliklar ortidan karantin talablarini yumshatdi

Xitoy hukumati COVID-19’ga qarshi kurash doirasida amal qilayotgan karantin talablarining yana bir marta yumshatilishi haqida ma’lum qildi.  

Endi karantin uchun butunlay berkitish tadbirlari avvalgidek alohida tumanlar va kvartallar uchun emas, balki turar-joy qavatlari va binolar uchun amal qiladi.
Shuningdek, COVID-19 uchun ijobiy sinovdan o‘tgan odamlar ommaviy olib borilayotgan shifoxonalarda emas, balki uyda o‘zlarini izolyasiya qilishlari mumkin. Bundan tashqari, epidemiya aniqlanmagan maktablar ta’limning yuzma-yuz formatiga qaytishlari mumkin.

Avvalroq Xitoy hukumati virus tarqalishini oldini olish uchun qabul qilingan bir qator cheklovlarni, jumladan Guanchjou va Chengduning yirik shaharlarida ham bekor qilgan edi. Bungacha Xitoyning bir qator shaharlarida hukumat amal qilayotgan COVID-19’ga nisbatan qattiq siyosat tufayli karantin cheklovlariga qarshi norozilik namoyishlari o‘tkazilgan edi. Guanchjouda namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘lgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Xitoyning koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha ba’zi choralarni yumshatganini to‘g‘ri qabul qilingan qaror deb atadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring