Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy Yerning «egizaklari»ni topmoqchi

Xitoy Yerning «egizaklari»ni topmoqchi

Foto: «Fokus»

Oyga robotlarni jo‘natib, o‘z kosmik stansiyasini qurib bo‘lganidan so‘ng, Xitoy Quyoshga o‘xshash olis tizimlarni o‘rganishni boshlaydi. Chin yurti astronomlari Quyosh tizimidan tashqaridagi sayyoralar (ekzosayyoralar)ni o‘rganish bo‘yicha rejalashtirilayotgan ilk missiya tafsilotlarini ochiqlashdi.

Xitoy missiyasining maqsadi Somon yo‘lining Quyosh tizimidan tashqarisida joylashgan, xuddi Yer singari yulduz atrofida aylanuvchi sayyoralarni topishga qaratilgan.

Hozirgi texnologiyalar va teleskoplar bilan Yerga o‘xshagan kichik sayyoralarni ularning Quyoshlari million marta og‘ir va milliard marotaba yorqin bo‘lgan sharoitda aniqlash mushkul. Xitoyning «Yer 2.0» missiyasidan maqsad shu masala yechimini topishdir. Ushbu loyihaga xizmat qiluvchi fazoviy kemani «Long March» raketasi yordamida 2026-yil oxirigacha kosmosga uchirish rejalashtirilgan.

«Yer 2.0» kemasiga yettita teleskop o‘rnatiladi, ular to‘rt yil davomida tinmay fazo kengliklarini kuzatadi. Aynan shu teleskoplar ekzosayyoralarni topishiga umid qilishmoqda. Xitoylik astronomlarning fikricha, bir nechta kichik teleskopning birgalikda ishlashi «Kepler»ga o‘xshagan bitta yirik teleskopdan samaraliroq bo‘lishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring