Xitoy «Boing»ida uchganlarning barchasi halok bo‘lgan
Shu yilning 21-mart kuni Xitoy sharqidan janubiga uchgan «Boeing 737» samolyoti halokatga uchragan edi. Samolyot bortidagi barcha yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari halok bo‘lgan, deb xabar berdi «Sinxua».
XXR fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi rahbarining o‘rinbosari Xu Chjenxun bugun bayonot berishicha, samolyot bortida 123 yo‘lovchi va to‘qqiz nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. DNK tahlili orqali 120 kishining shaxsi aniqlangan.
«China Eastern Airlines» aviakompaniyasining Kunmindan Guanchjouga ichki parvozni amalga oshirgan «Boeing 737» yo‘lovchi samolyoti Uchjou Guansi-Chjuan muxtor tumanidagi tog‘li hududga qulagan.
23-mart kuni, qidiruv-qutqaruv amaliyoti chog‘i ekipaj kabinasidan ovoz yozgich topildi. U Pekinga keltirilgan. Ikkinchi qora quti topilmagan. Samolyot qulagan hududda portlovchi moddalar izlari aniqlanmagan. Qulagan samolyotdan 2015-yildan beri foydalanilayotgan edi, deb xabar berdi TASS.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter