Xitoy aholisi bir yilda 850 ming kishiga kamaydi
Xitoyda 60 yil ichida birinchi marta aholi sonining qisqarishi qayd etildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yilda aholi soni o‘tgan yilga nisbatan 850 ming kishiga kamaydi. Yil davomida mamlakatda 9,56 million bola tug‘ilib, 10,41 million kishi vafot etgan.
Hozir, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda 1,411 milliard odam yashaydi.
Tug‘ilish darajasi har 1000 kishiga atigi 6,77 tug‘ilishni tashkil etdi, bu oxirgi o‘n yilliklardagi eng past ko‘rsatkichdir.
Ayrim demograflar asr oxirigacha Xitoy aholisi 400-500 million kishigacha kamayishini bashorat qilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter