Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy Afg‘onistonga tijorat mollarini O‘zbekiston orqali tashimoqchi

Xitoy Afg‘onistonga tijorat mollarini O‘zbekiston orqali tashimoqchi

Xitoydan Afg‘onistonga tovarlar yetkazib berishni jadallashtirish va logistika infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tashabbusi bilan O‘zbekiston, Afg‘oniston, Qirg‘iziston temir yo‘llari ma’muriyatlari vakillari hamda Xitoy xalqaro logistika kompaniyasi ishtirokida to‘rt tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri I.R.Mahkamov kirish so‘zi bilan chiqdi. Shuningdek, Afg‘onistonning O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi janob A.X.Elmi ham ishtirok etdi.

Hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish, mavjud imkoniyatlarni kengaytirish, istiqbolli loyihalar va hamkorlikning yangi bosqichlarga olib chiqish maqsadida tomonlarning logistika infratuzilmasini modernizatsiya qilish, Xitoyning Qashg‘ar stansiyasidan Afg‘onistondagi Hayraton stansiyasigacha bo‘lgan yuk tashishlarni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlash joizki, afg‘onistonlik mehmonlar Ishchi guruhning barcha qarorlarini qo‘llab-quvvatladi. Afg‘onistonning O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi A.X.Elmi va Afg‘oniston temir yo‘llari boshqarmasi boshlig‘i v.b. A.B.Sharofat tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga har tomonlama qo‘llab-quvvatlagani uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha to‘rt tomonlama bayonnoma imzolandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring