Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xersondagi Antonovskiy ko‘prigi portlatildi

Xersondagi Antonovskiy ko‘prigi portlatildi

Kecha 11-noyabr kuni tunda Xersondagi Antonovskiy ko‘prigi portlatildi. Ob’yekt rus qo‘shinlari Dneprning o‘ng qirg‘og‘idan chapga olib chiqish paytida portlatilgan.

Xerson viloyati hukumati raisi Sergey Eliseev Antonovskiy ko‘prigiga zarar yetkazilgani haqidagi xabarlarni rad etdi. U ob’yekt xuddi shu holatda ekanligini aytdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari Xersonda faol operatsiyalari boshlanishidan oldin Xerson viloyatidagi uchta Tyaginskiy, Darevskiy va Novovasilevskiy ko‘priklari portlatib yuborilgan.

Hozircha, ko‘prikni qaysi tomon portlatib yuborgani ma’lum emas.

Ukraina armiyasi rus qo‘shinlari Xersonni tark eta boshlagach, shahrga kirib keldi. Tarmoqlarda Xerson aholisi Ukraina qurolli kuchlarini gul va olqishlar bilan kutib olayotgani aks etgan videolar tarqaldi.

Eslatib o‘tamiz, 9-noyabr kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Ukrainadagi rus qo‘shinlarini Xersondan olib chiqishni boshlash haqida buyruq bergan edi.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring