Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xaridorlar chekidan 16,5 mln keshbek to‘plagan «uddaburon kassir» aniqlandi

Xaridorlar chekidan 16,5 mln keshbek to‘plagan «uddaburon kassir» aniqlandi

Xaridorlarning chekini ro‘yxatdan o‘tkazib katta miqdordan keshbek to‘plagan kassir aniqlandi.

Soliq qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, B.R ismli fuqaro aprel oyida 443 ta 1,8 mlrd so‘mlik cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazib, 18 183 656 so‘m keshbek to‘plagan.

Shundan, 1,6 mlrd so‘mlik 152 ta cheklar «AA» korxonasidan olingan bo‘lib, ularga 16 485 000 so‘mlik keshbek hisoblangan.

O‘rganish natijasida ushbu fuqaro «AA» korxonasida kassir lavozimida ishlashi ma’lum bo‘ldi va ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklar shubhali bo‘lgani sababli hisoblangan 16 485 000 so‘mlik keshbek summalari bekor qilingan.

Ma’lumot uchun: Vazirlar Mahkamasining joriy yil 12-maydagi 255-son qaroriga muvofiq, Davlat soliq qo‘mitasi onlayn nazorat kassa texnikasi chekini soliq organlarining mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxsdan uning haqiqiy xaridlari to‘g‘risidagi tasdig‘ini so‘rab olishga, xarid haqiqatda ushbu jismoniy shaxs tomonidan amalga oshirganligi shubhali bo‘lgan taqdirda tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismini qaytarishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring