Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalqning haqini o‘margan o‘g‘rilar jazolandi

Xalqning haqini o‘margan o‘g‘rilar jazolandi

Foto: Xabar.uz

DXX tomonidan qo‘lga olingan Andijon shahar sobiq hokimi B.Haydarov, prokurori Q.Asqarov, XTB mudiri A.Mirkamilov va ularning 40 ga yaqin jinoiy sheriklari sudlanib, har biri 10,5 yilgacha bo‘lgan muddatlarga qamoq jazolariga hukm qilindi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining rasmiy telegram-kanalida xabar berildi.

Biroq, ular tomonidan o‘marilgan 67 mlrd so‘m mablag‘ning tergov davomida 16 mlrd so‘m qismi pullar ko‘rinishida va 10 mlrd so‘m qismi ko‘chmas mulk («Toshkent siti»dagi yangi xonadonlar) hamda qimmatbaho buyumlar (xorijiy avtomashinalar va tilla taqinchoqlar) ko‘rinishida davlat hisobiga undirilgani xabarda yoritilmasdan qolgani turli savollarni keltirib chiqarmoqda.

Zero, davlat mansabi xalqning haqini o‘marish uchun emas, xizmatini qilish uchun beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring