Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalqaro xokkey federatsiyasi va O‘zbekiston xokkey federatsiyasi rahbarlari hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar

Xalqaro xokkey federatsiyasi va O‘zbekiston xokkey federatsiyasi rahbarlari hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar

7-avgust 2023-yilda Toshkentda Xalqaro muz ustida xokkey federatsiyasi (IIHF) vitse-prezidenti Ayvaz Omorkanov va O‘zbekiston xokkey federatsiyasi Prezidenti Baxtiyor Fazilov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan Osiyo Olimpiya Kengashi (OOK) va Xalqaro xokkey federatsiyasi (IIHF) bilan birgalikda tashkil qilingan xokkey oromgohi doirasida bo‘lib o‘tdi. Unda 30 dan ortiq Osiyo mamlakatlaridan tashrif buyurgan 100 dan ko‘p yosh xokkeychilar ishtirok etmoqda. 

Uchrashuv davomida Ayvaz Omorkanov ushbu tadbirni tashkil etish darajasini yuqori baholadi va O‘zbekiston xokkey federatsiyasi tomonidan qisqa muddat davomida amalga oshirilgan ulkan ishlarni, Xumo Arenasida rivojlangan xokkey infratuzilmasi mavjudligini ta’kidlab o‘tdi.

IIHF dan kelgan mehmon fursatdan foydalanib Baxtiyor Fazilovni O‘zbekiston yoshlar xokkey jamoasining tarixiy muvaffaqiyati bilan shaxsan tabrikladi. Ular joriy yilning mart oyida bo‘lib o‘tgan Osiyo va Okeaniya chempionatida ilk bor ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar. Shuningdek, O‘XF rahbariga xokkeyning rivojlanishiga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi.

Baxtiyor Fazilov ta’kidlaganidek, bunday g‘alabalar mamlakatda xokkeyni ommalashtirishga olib kelmoqda va birinchi navbatda bolalar o‘rtasida sportga qiziqishni uyg‘otmoqda.

Uchrashuv davomida Xalqaro xokkey federatsiyasi tomonidan 18 yoshgacha (U-18) bo‘lgan sportchilar o‘rtasida navbatdagi Osiyo va Okeaniya chempionatini 2024 yilda O‘zbekistonda o‘tkazish imkoniyati to‘g‘risida taklif bildirildi.

Ushbu taklifni O‘zbekiston xokkey federatsiyasi rahbari qo‘llab-quvvatladi va turnirni O‘zbekistonda o‘tkazilishi nafaqat mamlakatimiz, balki butun Markaziy Osiyoda xokkeyni yanada rivojlantirishga turtki berishini, sportchilarimiz va muxlislarimiz uchun haqiqiy bayram bo‘lishini ta’kidladi. Shuni qo‘shimcha qilish kerakki, hozirda U-18 respublika terma jamoasi yangi mavsumga faol tayyorgarlik ko‘rmoqda va Omskda (Rossiya) o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda.

Shuningdek, xokkey muxlislarini Toshkentning «Humo» jamoasi ishtirok etadigan bo‘lajak o‘yin mavsumida Pro Hokei Ligasy chempionatining qiziqarli uchrashuvlari kutmoqda. Jamoamiz uchun chempionat 9 sentyabr kuni tashqi o‘yinlar bilan boshlanadi, birinchi mezbon uchrashuvlari 19 va 20 sentyabr kunlari Humo Arenada bo‘lib o‘tadi.

Muntazam mavsum davomida kamida 50 ta o‘yin tashkil etilishi kutilmoqda, ulardan 25 tasi Humo Arenada bo‘lib o‘tadi.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring