Xalq banki xayrli tashabbusga hissa qo‘shmoqda
Toshkent shahar ko‘zi ojiz yoshlar markazi tomonidan Xalq banki hamda boshqa bir qator homiy tashkilotlar hamkorligida Xalqlar do‘stligi san’at saroyida xayriya konsert dasturitashkil etildi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu konsertga Xalq banki tomonidan 1-iyun — «Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni» munosabati bilan Toshkent shahridagi bir qator mehribonlik uylarining tarbiyalanuvchilariga 500 ta chipta sovg‘a sifatida taqdim etildi.
E’tiborlisi, konsert dasturidan tushgan mablag‘lar ko‘zi ojiz yoshlar uchun mo‘ljallangan «O‘zbek tilidagi ovozli nutq sintezatorini» yaratish loyihasini moliyalashtirishga sarflanadi.
Mazkur loyiha amalga oshirilgach, hayotni ochiq ko‘zlar bilan emas, balki qalb ko‘zlari ila ko‘rishga urinayotgan yoshlar ham oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalaridagi mavjud adabiyotlardan, qo‘shimcha manbaalardan o‘zbek tilida foydalanish imkoniga ega bo‘ladilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter