Xalq banki malakali mutaxassislarni ishga qabul qiladi
O‘zbekiston Respublikasi Aksiyadorlik tijorat Xalq banki malakali mutaxassislar tanlovini e’lon qiladi.
Yo‘nalish
- Bankning web va mobil ilovalariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha IT xodimlar.
Vakansiya ta’rifi
- Axborot texnologiyalari sohasida uzluksiz faoliyat yuritishi uchun bir necha sektorlarda qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul hisoblanadi;
- Axborot texnologiyalari boshqarmasi loyihalari hujjatlar aylanmasini nazorat qiladi va qo‘llab-quvvatlaydi;
- Axborot texnologiyalari sohasida strategik rejani amalga oshiradi, shuningdek barcha texnik, veb va mobil ilovalarni baholash, ishlab chiqish va joriy qilish uchun muddat belgilaydi;
- Ilg‘or mahsulotlarni amaliyotga joriy qilish uchun bank mahsulotlarini ishlab chiquvchilari va loyiha menejerlari bilan birga bir jamoa bo‘lib ishlaydi;
- Bank axborot texnologiyalari bilan bog‘liq xizmatlar samaradorligining doimiy monitoringini amalga oshiradi;
- Bank ma’lumotlari umumiy xavfsizligini yaxshilash uchun bank axborot texnologiyalari jamoasi bilan birga bank tarmog‘i xavfsizligini himoyalaydi;
- Yangi rejalashtirilgan loyihalarni amalga oshirishda axborot texnologiyalari ta’minotchilari bilan yaqin aloqalarni o‘rnatish;
- O‘z sa’y-harakatlarini barcha sohalarda samaradorlik va barqarorlikni oshirishga yo‘naltiradi.
Asosiy vazifalari
- Bankning jismoniy va korporativ mijozlari uchun webva mobil ilovalarga xizmat ko‘rsatadi;
- iOS va Android platformalaridagi ilovalarni ishlab chiqish, testdan o‘tkazish va mavjud ilovalarni optimallashtirish bo‘yicha jamoaviy jarayonlarda ishtirok etadi;
- Axborot texnologiyalari boshqarmasi istiqbollari rivojlanishi rejalarini shakllantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
- Bo‘lim vazifalari va funksiyalariga mos ishlarni bajaradi, ishlar bajarilishini nazorat qiladi;
- Axborot texnologiyalari boshqarmasi vazifalari va funksiyalariga mos ravishda bankning tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlik qiladi;
- Bosh ofis va tarkibiy tuzilmalar xodimlariga o‘z vakolatlari doirasida maslahatlar beradi;
- Bank rahbariyatining Axborot texnologiyalari sohasiga kiruvchi topshiriqlarini bajaradi;
- AT va ma’lumotlar bo‘yicha elektron amaliyotlarni rejalashtirish, tashkillashtirish, nazorat qilish va baholash;
- Axborot texnologiyalari xodimlarini ishga yollash, o‘qitish va kouchingi, ishidan kutilayotgan natijalar va samaradorligini baholash orqali boshqarish;
- Muammoli sohalarni aniqlash va strategik yechimlarni o‘z vaqtida joriy qilish;
- Tizim auditini o‘tkazish va natijalarini baholash;
- Bankning axborot texnologiyalarga oid yillik hisobotini tayyorlash va xarajatlar samaradorligini ta’minlash.
Asosiy talablar
Ma’lumoti va tajribasi:
- Tegishli ish sohasida bakalavr darajasi talab qilinadi, ilmiy daraja ma’qullanadi;
- Axborot texnologiyalari sohasida ish tajribasi, axborot texnologiyalari menejeri sifatida yangi texnik mahsulotlarni ishlab chiqish va joriy etish sohasida ish tajribasi;
- Axborot texnologiyalari va vositalari bo‘yicha a’lo bilimlar va tajribaga ega ekanligi.
- Ma’qullanadigan ko‘nikmalar:
- Tegishli tuzilma doirasida har qanday dasturlash tilini bilish;
- Bank tizimining konsepsiyalari, prinsiplari, barcha texnik va texnologik resurslar haqida kompleks bilimga ega ekanligi;
- Bank «biznesi» va uni qo‘llab-quvvatlovchi jarayonlar haqida keng tushunchaga ega ekanligi;
- Axborot texnologiyalarning tashqi va ichki qoidalarini tushunish;
- Bank tizimi tavakkalchiliklarini tushunish;
- Og‘zaki va yozma murojaatlar/taqdimotlar bo‘yicha a’lo ko‘nikmalar;
- Xorijiy tillarni (rus, ingliz va b.) bilish ma’qullanadi.
Lavozimi
- Xodimning salohiyatidan kelib chiqib (bo‘lim boshlig‘i, yetakchi mutaxassis).
Ish haqi
- Kelishuvga ko‘ra (suhbatlashish natijalari asosida).
Kontaktlar
- [email protected]
- (78) 120-17-34
Reklama huquqi asosida
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter