Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq banki filiali oldida noxush holat tasvirga olindi. Nima bo‘lgandi o‘zi?

Xalq banki filiali oldida noxush holat tasvirga olindi. Nima bo‘lgandi o‘zi?

Foto: Videolavhadan skrinshot

Joriy yil 6-sentyabr kuni «Ozodlik» radiosining telegramdagi kanalida Andijon viloyati Paxtaobod tuman Xalq banki filialidan «Farzandi chet eldan yuborgan dollarni bankdan ololmagan otaxon o‘zini yerga otib yig‘ladi. Nega?» sarlavhasi bilan videoxabar e’lon qilindi, deb xabar bermoqda bank axborot xizmati.

Ushbu holat joyiga borib o‘rganilganda videodagi «otaxon» Paxtaobod tumani Yolg‘iz bog‘ MFY Baxt ko‘chasida yashovchi 45 yoshli nogironligi bor fuqaro R.B.A. (1974-yil 20-iyun kuni tug‘ilgan) ekani, farzandi va oilasi yo‘qligi, ota-onasi bilan birga yashashi aniqlandi. Shuningdek, ushbu fuqaro nomiga xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha xorijiy davlatlardan pul kelmagani ma’lum bo‘ldi.

Bank binosiga o‘rnatilgan videokuzatuv kamerasining o‘sha vaqtdagi yozuvlari o‘rganilganda ushbu fuqaroning o‘zini boshqarishi va ruhiy holati o‘zgargani kuzatildi. Voqeaga guvoh bo‘lgan fuqarolar hamda hududdagi Ichki ishlar organlari xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan suhbat davomida fuqaro R.B.A. tez-tez shu kabi janjal va to‘polonlar qilib turishi aniqlandi.

Shundan so‘ng, fuqaro R.B.A.ning onasi R.S. (1946-yilda tug‘ilgan) iltimosiga ko‘ra, ruhiy holati yomonlashgani uchun R.B.A. Andijon viloyati ruhiy kasalliklar shifoxonasiga davolanish uchun yuborildi.

Xabarda e’lon qilingan videolavha Paxtaobod tumani Iltifot MFY Salohiyat ko‘chasida yashovchi fuqaro X.E.A. (1977-yilda tug‘ilgan) tomonidan qo‘l telefoni orqali tasvirga olinib, «Ozodlik» radiosiga yuborilgani ma’lum bo‘ldi.

Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, fuqaro X.E.A. nogironligi bor R.B.A.ning ruhiy holatini bila turib, uni videotasvirga olgan hamda keng ommaga oshkor qilib, fuqaroning sha’ni va insoniy huquqlarini buzishga, shuningdek, Xalq banki imijiga qasddan putur yetkazishga uringan.

Qayt etish kerakki, Xalq bankining Paxtaobod filialida ayni paytda aholiga barcha turdagi bank xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Shu jumladan, 6 sentyabr kuni ham xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha hech qanday uzilishlar bo‘lmagan, deyiladi bank xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring