Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Voyaga yetmagan qiz «Damas»ni olib qochdi

Voyaga yetmagan qiz «Damas»ni olib qochdi

Foto: «Xabar.uz»

Vobkent tumanidan 17 yoshli qiz boshqa birovga tegishli bo‘lgan «Damas» avtomobilini olib qochgan. Bu haqda Buxoro viloyati IIB JXX YHXB axborot xizmati rahbari Ulug‘bek Shukurlayev «Xabar.uz»ga ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, tumanning «Xalach» mahallasida yashovchi  53 yoshli R.E. o‘z yashash uyi oldida «Damas» rusumli avtomashinasini eshiklari ochiq holda kalitini o‘t oldirgichda qoldirgan.

Oradan ko‘p o‘tmay, darvozasi oldida avtomshinasi yo‘qligiga guvoh bo‘lgan. Va R.E. holat yuzasidan zudlik bilan tuman ichki ishlar organlariga murojaat qilgan.

Avtomashinaning o‘g‘irlab olib qochilgani yuzasidan xabar kelib tushgach,  ichki ishlar organlari tomonidan «to‘sib ushlash» maxsus tezkor rejasi harakatga keltirilgan. Olib borilgan tezkor-texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari natijasida ushbu avtomashina xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan A-380 avtomobil yo‘lining 69 kilometrida to‘xtatilib ushlangan.

Aniqlanishicha, mazkur jinoyatni jabrlanuvchining mahalladoshi 17 yoshli voyaga yetmagan T.Sh. ismli qiz sodir qilgan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 267-moddasi (Transport vositasini olib qochish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring