Vodiyda 4 ballik zilzila sodir bo‘ldi
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi bugun, 17-aprel kuni Toshkent vaqti bilan 09:34da (04:34 Grinvich bo‘yicha) O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘lganini xabar qildi.
Koordinatalar 41,02 gradus shimoliy kenglik, 71,75 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4. Chuqurlik H=10 km. Toshkentgacha masofa 214 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.
Zilzila O‘zbekiston hududida:
- Namangan: 7 km, 4 ball.
- Andijon: 57 km, 2 ball.
- Farg‘ona: 71 km, 2 ball.
O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmadi.
Talofatlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter