Vladimir Zelenskiy Rim papasidan «safga qo‘shilish»ni so‘radi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Italiya Respublikasi va Vatikanga rasmiy tashrifi doirasida Rim papasi Fransisk bilan uchrashdi.
Uchrashuvda asosiy e’tibor Rossiya harbiy tajovuzini to‘xtatish va tinchlikni tiklashga qaratildi. Bu haqda Ukraina prezidentining rasmiy sayti xabar bermoqda.
«Adolatli tinchlikka erishishning aniq va real algoritmi Ukraina tinchlik formulasida belgilangan», dedi Vladimir Zelenskiy.
U Rim papasi Frensisdan tinchlik formulasini amalga oshirish, xususan, oziq-ovqat xavfsizligi, mahbuslar, deportatsiya qilinganlarni ozod qilish va adolatni tiklash masalalarida har tomonlama ko‘maklashishni so‘radi.
Uchrashuvning alohida mavzusi ukrainalik bolalarni Rossiya Federatsiyasiga majburiy olib ketish va deportatsiya qilish bilan bog‘liq Rossiya jinoyatlari haqida bo‘ldi. Ukraina davlati rahbari Vatikanni o‘g‘irlab ketilgan ukrainalik bolalarni qaytarishga qaratilgan sa’y-harakatlarga qo‘shilishga chaqirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter