Vladimir Zelenskiy mudofaa vazirini almashtirdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy kechki murojaatida Aleksey Reznikov mudofaa vaziri lavozimidan ozod etilganini tasdiqladi.
«Men Ukraina mudofaa vazirini almashtirishga qaror qildim. Aleksey Reznikov 550 kundan ortiq davom etgan keng ko‘lamli urushni boshdan kechirdi. Vazirlikka yangi yondashuvlar va ham harbiylar, ham butun jamiyat bilan hamkorlik qilishning boshqa formatlari kerak, deb hisoblayman», — dedi Ukraina rahbari.
Zelenskiyning fikricha, Mudofaa vazirligiga Rustem Umerov rahbarlik qilishi kerak.
Avvalroq Ukrainaning endilikda sobiq mudofaa vaziri Aleksey Reznikov 2022 yil fevralidan buyon mamlakat chetdan 100 milliard dollarga yaqin harbiy yordam olganini ma’lum qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter