Videoselektor: shifokorlarni qog‘ozbozlikdan qanday xalos etish mumkin?
Sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.
Sirdaryo viloyati misolida tibbiyotning har bir bo‘g‘ini vazifalarini aniq-aniq belgilab, ular borasida alohida davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketlari ishlab chiqiladi.
Bunda kafolatlangan paketlar doirasida aholini bepul tibbiy xizmat bilan ta’minlash uchun «qishloq vrachlik punkti – poliklinika – markaziy ko‘p tarmoqli poliklinika – shifoxona» ketma-ketligida yo‘naltirish tartibi joriy qilinadi.
Buning uchun kafolatlangan tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketlarini moliyalashtirish maqsadida davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari joriy etilib, alohida Jamg‘arma tashkil qilinadi.
Kafolatlangan paketlarda qishloq vrachlik punkti va oilaviy poliklinikalar qaysi tibbiy xizmatlarni ko‘rsatadi, markaziy poliklinika va shifoxonalar qaysi turdagi kasalliklarni davolashga mas’ul ekani aniq belgilanadi.
Bu tizimning ochiq-oshkoraligini ta’minlash hamda shifokorlarni qog‘ozbozlikdan xalos etish uchun barcha jarayonlarni raqamlashtirish zarurligi aytildi.
Misol uchun, bitta shifokor ish kunining 60 foizini 10-15 ta qog‘oz hisobotlarni to‘ldirishga sarflaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter