«Ohangarondagi masxaraboz GAI» videosiga munosabat bildirildi
Joriy yilning 9-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqda «Ohangarondagi masxaraboz GAI!» sarlavhasi ostidagi videolavha tarqaldi, deyiladi IIV YHXBB axborot xizmati xabarida.
Qayd etilishicha, Toshkent viloyati, Ohangaron shahar IIB YHXB YPX guruhi inspektori V.Qodirxonov joriy yilning 2-sentyabr kuni Ohangaron shahar, Amir Temur ko‘chasida xizmat o‘tayotgan vaqtida, soat 20:10 larda, «Kobalt» rusumli transport vositasi haydovchisi svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmasdan harakatlanib kelganligi uchun to‘xtatgan.
Haydovchi I.A.ga nisbatan sodir etgan qoidabuzarligi yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish vaqtida, haydovchi shaxsiy uyali aloqa vositasi orqali holatni tasvirga olishni boshlagan.
Ushbu vaqtda, tungi xizmatga jalb qilingan Ohangaron shahar IIB YHXB Ma’muriy huquqbuzarlik materiallarini ko‘rib chiqish bo‘yicha inspektori D.Mashkurov IIO xodimini obro‘sizlantiruvchi xatti-harakatlar qilgan. Xodimning bu xatti-harakati haydovchining tasvirlariga muhrlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlandi. Tekshiruv xulosasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter