Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DMTT direktori qo‘lga tushdi

DMTT direktori qo‘lga tushdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Ohangarondagi bog‘chalardan birida davlat tomonidan bolalarga ajratilgan oziq-ovqat mahsulotlarini o‘g‘irlab ketayotgan vaqtda mudira qo‘lga tushibdi, mazmunidagi videoxabar tarqaldi.

Holatga Bosh prokuratura matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Ohangarondagi holat yuzasidan DMTT direktoriga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalari bilan ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish qo‘zg‘atilib, to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan.

Bundan tashqari, prokuratura tomonidan mutaxassislar ishtirokida DMTTning foliyati tekshirilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring