Video: Svetofor ishorasi farqiga bormagan haydovchi inspektorni shokka tushirdi
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda antiqa dialogli videolavha tarqaldi. Unda yo‘l inspektorining haydovchi bilan suhbati yozilgan.
Haydovchi: «Haydab o‘tyapman... svetaforda to‘xtayapman, ko‘k yonib turipti... Ko‘kka kelib to‘xtashim kerakmi, menam?»
Inspektor: «Svetaforning, birinchidan, ko‘k rangi bo‘lmaydi, hurmatli haydovchi.»
Haydovchi: «Yashil, yashil yonib turibti... Tepada... yashil...»
Inspektor: «Ha, yashil. Yashilda nima qilish kerak, to‘xtash kerakmi?.. Siz, menga qarang, hurmatli haydovchi, svetaforning qaysi ishorasida nima qilish kerakligini bilasizmi?..»
Haydovchi: «Qizilga kelgunimcha yashil yonib qolyapti...»
Inspektor: «Yashilda to‘xtadingizmi keyin?»
Haydovchi: «... Qizil yonib qoldiku.»
Inspektor: «Bu nima degangiz, siz menga hozir ikki-uch xil gap gapiryapsiz. Yashilda nima qilish kerak haydovchi?»
Haydovchi: «To‘xtash kerak.»
Inspektor: «Yashilda to‘xtash kerak-a? Qizilda yurish kerak?»
Haydovchi: «...»
Inspektor: «Hurmatli haydovchi, bo‘ldi, tushunarli. Siz oldin svetaforning qaysi ishorasida harakatlanish kerakligini o‘rganib oling...»
Ushbu voqea qachon va qaysi viloyatda sodir bo‘lgani ma’lum emas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter