Inglizchani bilmaydigan «trakchi»lar ishsiz qolishi mumkin

AQSh prezidenti Donald Tramp uzoq yo‘nalishga qatnovchi yuk mashinalari haydovchilaridan ingliz tilini bilish talab qilinuvchi farmonga imzo chekdi.
«Ingliz tilini bilish professional haydovchilar uchun mutlaq xavfsizlik talabi bo‘lishi shart. Ular yo‘l belgilarini o‘qiy olishlari va tushunishlari, yo‘l harakati xavfsizligi, chegara patruli, qishloq xo‘jaligi nazorat-o‘tkazish punktlari va yuk og‘irligini cheklash stansiyalari xodimlari bilan muloqot qila olishlari lozim. Haydovchilar o‘z ish beruvchilari va mijozlar bilan muloqot layoqatiga ega bo‘lishlari va tegishli ko‘rsatmalarni ingliz tilida olishlari shart. Bu sog‘lom fikr», — deyiladi farmon matnida.
Farmonga muvofiq, AQSh transport vaziri Shon Daffidan ingliz tilini bilish talabi bo‘yicha tekshiruvlarni kuchaytirish hamda tijoriy tashuvlar uchun haydovchilik guvohnomalari haqiqiyligini tekshirish bayonnomalarini baholash talab etiladi.
Trampning farmonida amaldagi federal qonun havola qilingan, unga ko‘ra, barcha ishlovchi haydovchilar inglizchada gaplashish va o‘qishni bilishlari shart, biroq qonunga hali hech kim amal qilmagan, hukumat ham rioya etishni talab qilmagan. Yangi farmon bilan ish beruvchilarga ingliz tilini bilmaydigan haydovchilarni ishdan bo‘shatish talabi qo‘yilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter