Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vengriya bosh vaziri Zelenskiyni Imre Nadga qiyosladi

Vengriya bosh vaziri Zelenskiyni Imre Nadga qiyosladi

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni 1956-yilgi Vengriya inqilobi yetakchisi Imre Nadga qiyosladi.

Shuning barobarida, Viktor Orban Rossiya va Ukrainani tinchlik muzokaralariga chorladi.

Radio orqali chiqishida Orban Rossiya bilan urushish nimaligini vengerlarga tushuntirish shart emasligini ta’kidladi. Chunki 1956-yilgi inqilobni bostirish paytidagi sovet armiyasining shafqatsizligini Vengriya o‘z boshidan o‘tkazgan.

Nad Vengriya kommunistik hukumatining bosh vaziri bo‘lgan, biroq 1956 yilning kuzida uning hukumati islohotlarga va mamlakatni destalinizatsiyalashga kirishgan, mamlakat neytraliteti va Varshava shartnomasidan chiqishini e’lon qilgan.

Bunga javoban Moskva Vengriyaga qo‘shin kiritib, isyonni bostirgan, Imre Nad esa «davlat xoini» sifatida qatl etilgan. 1989-yili uni tantanali ravishda qayta ko‘mishdi, millat qahramoni deya e’lon qilib, Budapesht markazida yodgorlik o‘rnatishdi.

Ukrainadagi urush boshlanganidan buyon Budapesht va Kiyev munosabatlari yaxshi emas, ukrainlar Orban hukumatini Rossiyaga qarshi energetik sanksiyalarga xalaqit beruvchi deb hisoblaydi. Chunki Orban Yevroittifoqning Rossiyaga qarshi energetik sanksiyalariga qarshilik ko‘rsatib keladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring