Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida o‘zgarishlar bo‘ldi

Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida o‘zgarishlar bo‘ldi

Foto: «Xabar.uz»

«O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» Prezident qarori (PQ–4612-son, 24.20.2020-y.) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida qator lavozimlar va kotibiyatlar tugatildi, yangilari kiritildi.

Jumladan, Bosh vazir o‘rinbosari – moliya vaziri lavozimi tugatildi, Bosh vazirning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimi kiritildi.

Bundan tashqari, Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati Mahalla, oila va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, madaniyat, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati etib qayta tashkil qilindi va uning tarkibida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari sho‘’basi tashkil etildi.

Bosh vazirning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiyot va sanoat vaziri zimmasiga mavjud vazifalar bilan bir qatorda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish yuklandi:

  • respublikada kambag‘allikka oid real ahvolni o‘rganish, xalqaro tashkilotlar, jumladan moliya institutlari bilan hamkorlikda kambag‘allikni bartaraf etishning o‘rta va uzoq muddatli strategiyalari hamda dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirilishini ta’minlash;
  • aholida, ayniqsa, yoshlar va ayollarda biznes yuritish va tadbirkorlikning zamonaviy ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, band bo‘lmagan aholini kasbga o‘qitish va qayta tayyorlash tizimini isloh qilish.

Qaror bilan Bosh vazirga o‘rta va uzoq muddatga mo‘ljallangan ustuvor vazifalarni hal qilishning muhimligi va natijadorligini hisobga olgan holda, zarurat bo‘lganda, Vazirlar Mahkamasi xodimlarining umumiy shtatlari soni doirasida uning ijro etuvchi tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring