Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi qanday holatlarda 100 foiz to‘lanadi?
Quyidagilarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi ish haqining 100 foizi miqdorida to‘lanadi:
— ishlayotgan 1941 – 1945 yillardagi urush qatnashchilariga;
— baynalminal jangchilar va ularga tenglashtirilganlarga;
— qaramog‘ida 16 yoshga (o‘quvchilar 18 yoshga) yetmagan 3 yoki undan ortiq bolalari borlarga;
— Chernobil AESdagi avariyani tugatishda qatnashganlarga;
— Chernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish zonasidan evakuatsiya qilingan va ko‘chirilgan, o‘tkir leykoz, adenoma, rak va xavfli o‘smali kasallikka chalinganlarga;
— mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi natijasida vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz bo‘lganlarga.
Boshqa xodimlarga quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:
- ish staji 8 yil va undan ko‘p xodimlarga va 21 yoshga yetmagan chin yetimlarga ish haqining 80 foizi miqdorida;
- ish staji 8 yilgacha xodimlarga ish haqining 60 foizi miqdorida to‘lanadi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini tayinlash uchun faqat belgilangan tartibda berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (kasallik varaqasi) asos bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter