Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kimlarga mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi ish haqining yuz foizi miqdorida to‘lanadi?

Kimlarga mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi ish haqining yuz foizi miqdorida  to‘lanadi?

Foto:«Xabar.uz»

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi ish stajining davomiyligidan qat’i nazar ish haqining 100 foizi miqdorida quyidagilarga to‘lanadi:

- ishlayotgan 1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga;

- baynalminal jangchilarga va ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga;

- qaramog‘ida 16 yoshga (o‘quvchilar 18 yoshga) yetmagan uch yoki undan ortiq bolalari bo‘lgan xodimlarga;

- Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda qatnashgan xodimlarga;

- Chernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish zonasidan evakuatsiya qilingan va ko‘chirilgan, qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari (o‘tkir leykoz), qalqonsimon bez (adenoma, rak) va xavfli o‘smalar bilan bog‘liq kasalliklarga chalingan xodimlarga;

- mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi natijasida vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz bo‘lgan xodimlarga.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring