«Vaqf» fondi 39 nafar talabaning kontrakt pulini to‘lab berdi
![«Vaqf» fondi 39 nafar talabaning kontrakt pulini to‘lab berdi](https://static.xabaruz.com/crop/9/7/720_460_95_977834558.jpg)
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi «Vaqf» xayriya fondi «Ilm yo‘lida ko‘mak beramiz» aksiyasini o‘tkazmoqda.
Ushbu aksiya doirasida bugun, 13-oktyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda idora tasarrufidagi ta’lim muassalarida tahsil oluvchi 39 nafar namunali va iqtidorli talabalarning to‘lov-kontrakt pullari to‘lab berilgani ma’lum qilindi.
Shuningdek, tadbirda Qur’oni Karimni to‘liq yodlagan 15 nafar talabaga eng kam ish haqining 10 baravarigacha pul mukofotlari va kitoblar berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter