Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vaksina sertifikatlarini sotgan farmatsevt hibsga olindi: u 120 yilga qamalishi mumkin

Vaksina sertifikatlarini sotgan farmatsevt hibsga olindi: u 120 yilga qamalishi mumkin

Foto: «AP Photo / Matt Rourke, File»

Amerika huquq-tartibot idoralari Internet orqali yuzdan ortiq COVID-19ga qarshi emlanganligini tasdiqlovchi guvohnomani sotgan farmatsevtni hibsga oldi. Endi u 120 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Bu haqda seshanba kuni AQSh Adliya vazirligi xabar berdi.

Hukumat Chikago shtatining 34 yoshli fuqarosi Tangtan Chjaoni davlat mulkini o‘zlashtirishda 12 ta punkt bo‘yicha ayblamoqda.

«Agar u aybdor deb topilsa, har bir punkt uchun 10 yildan qamoq jazosi tayinlanishi mumkin», — deyiladi press-relizda.

Farmatsevt 2021-yil mart-aprel oylarida 11 xaridorga COVID-19 ga qarshi emlanganini tasdiqlovchi CDC tibbiy regulyatori tomonidan chiqarilgan 125 ta soxta blankani sotishda gumon qilinmoqda. Qo‘l bilan to‘ldirilgan har bir blanka uchun u 10 dollardan olgan, deyiladi relizda.

«Vaksina kartalarini emlanmagan odamlarga ataylab sotish millionlab amerikaliklarning hayoti va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yadi. Millatimiz xavfsizligi uchun arzon narxlarda savdo qilish nafaqat pandemiyaga qarshi kurashayotganlarni haqorat qiladi, balki og‘ir oqibatlarga olib keladigan federal jinoyat hisoblanadi», — dedi FRBning Chikago ofisi boshlig‘i kichik Emmerson Byu.

AQShda kasallikning yangidan avj olishi fonida ko‘plab davlat idoralari va xususiy kompaniyalar o‘z xodimlarini koronavirusga qarshi emlashni va mijozlardan emlanganligini tasdiqlovchi hujjatni talab qilishmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring