Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vahshiy kuyov

Vahshiy kuyov

Foto: «moika78.ru»

Angrenlik kuyov Farg‘onada xotinini o‘ldirdi. Qaynota va qaynonasiga pichoq sanchib, jarohat yetkazdi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, Toshkent viloyati Angren shahrida yashovchi X.S. Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida 30-iyul kuni shu tumanda yashovchi qaynotasi X.E.ning uyida oilaviy janjal ko‘tarib, birga yashagan turmush o‘rtog‘i X.S. va ularni ajratmoqchi bo‘lgan qaynotasi X.E. hamda qaynonasi F.B.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.

Natijada X.S.ning rafiqasi kasalxonaga keltirilgan vaqtida vafot etgan. Qaynota va qaynonasi esa kasalxonaga yotqizilgan.  X.S qo‘lga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring