Zarafshon milliy tabiat bog‘i yonib ketdi
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in 1,5 gektar maydonni qamrab olgan. Yong‘inni o‘chirish uchun 6 soatdan ko‘proq vaqt ketdi.
Samarqand viloyati FVB Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, 3-iyul kuni soat 21:10 da Jomboy tumani «Olmazor» MFY Qarabchi qishlog‘ida joylashgan Zarafshon milliy tabiat bog‘ida yong‘in sodir bo‘ldi.
Yong‘in joyiga qutqaruvchilar yetib borganda, miliy bog‘ning 1,5 gektar maydonida to‘qayzorlar (malina, butazor, shox-shabba) yonayotgan bo‘lgan.
Tezkor xarakatlar natijasida yong‘in o‘rab olinib, soat 04:03 da o‘chirilgan.
Yong‘inda jarohat olganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning sababi va zarari aniqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter