Toshkentda qizlarni xorijga sotishda gumonlangan fuqaro qo‘lga olindi
Toshkent shahar IIBBga «Guli» ismli ayol fohishalik maqsadida qizlarni xorijga jo‘natish bilan shug‘ullanayotgani haqida ma’lumot kelib tushgan. IIBB Terrorizm va ekstremizm bilan kurashish boshqarmasi va Bektemir tumani IIB xodimlarining tezkor tadbirlari natijasida 7-noyabr kuni soat tahminan 5:00 da xalqaro aeroport hududida odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatni sodir etishda gumonlanayotgan ayol, 26 yoshli Gulchiroy S. qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu dalillarga asosan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi (Odam savdosi) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Qo‘lga olingan shaxsning boshqa jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash borasida tergov ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, gumondorni qonunga hilof ishni amalga oshirishga majbur qilgan sabablar o‘rganilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter