Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada o‘zbekistonlik ayol isiriq bilan qo‘lga olindi

Rossiyada o‘zbekistonlik ayol isiriq bilan qo‘lga olindi

Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi isiriq tufayli qo‘lga olindi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi shimoli-g‘arbiy bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Pulkovo aeroportida ayolning yonidan 10 kg isriq o‘ti topilgan.

Ayol Peterburgga Urganchdan kelgan. U bojxona nazoratidan o‘tish uchun «yashil» yo‘lakdan o‘tgan. Biroq bojxonachilar uning bagajidan shubhali o‘simlikning poyasini aniqlashgan. Ekspertiza uning tarkibida Rossiyada taqiqlangan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar ro‘yxatiga kiritilgan isiriq mavjudligini ko‘rsatdi.

Rossiyada bunday huquqbuzarliklar uchun Jinoyat kodeksining 229.1-moddasi 1-qismi bilan jazo tayinlanadi. O‘zbekistonlik ayol 3 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring