Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘izistonda davlat tili haqidagi qonun loyihasi tayyorlandi

Qirg‘izistonda davlat tili haqidagi qonun loyihasi tayyorlandi

Foto: «AA»

Qirg‘iziston prezidenti huzuridagi Davlat tili va til siyosati milliy komissiyasi «Davlat tili to‘g‘risida»gi yangi konstitutsiyaviy qonun loyihasini ishlab chiqdi. Bu haqda «Anadolu Agency» xabar bermoqda.

Qonun loyihasida qirg‘iz tilining jamiyat hayotining barcha jabhalarida keng tarqalishi ko‘zda tutilgan.

Qonun loyihasining fonida qirg‘iz tili mustaqil Qirg‘izistonning titulli aholisining tili va eng qadimiy tillardan biri bo‘lib, unda beqiyos madaniy qadriyatlar shakllangani aytiladi.

Loyihada aytilishicha, qirg‘iz tilining rasmiy til maqomi konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilgan.

Konstitutsiyada qirg‘iz tilining davlat tili maqomining belgilanishi va taklif etilayotgan loyihada uning davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida davlat tili sifatida keng va to‘laqonli qo‘llanilishi tartibining belgilanishi asos bo‘lib xizmat qiladi. Qirg‘iz xalqining o‘ziga xosligini saqlash va milliy madaniyatni rivojlantirish, til siyosatini tegishli darajada takomillashtirish, deyiladi loyihada.

Qirg‘izistonda rus tili ham rasmiy til hisoblanadi. Qirg‘iz tiliga oid yangi loyiha parlamentda ma’qullangandan keyin prezident Sadir Japarovga taqdim etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring