Xitoy dahshatli tabiiy ofatdan ko‘rgan iqtisodiy zararni baholadi
Xitoy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Xitoyning bir qancha hududlarida yog‘gan kuchli yomg‘ir hukumatni suv toshqini xavfining ikkinchi darajasini e’lon qilishga majbur qildi.
Xavfning eng yuqori darajasi birinchisi hisoblanadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatdagi 212 ta daryoning suv sathi xavotirli darajada ko‘tarilgan, ulardan 19 tasi esa toshib ham ketgan.
Suv toshishi oqibatida 140 dan ortiq kishi halok bo‘ldi yoki bedarak ketgan deb hisoblanadi, 3,5 mln gektar qishloq xo‘jaligi yerlari suv ostida qoldi, 28 mingta uy va imoratlar qisman yoki butunlay vayron bo‘ldi.
Hukumat tabiiy ofatdan ko‘rgan iqtisodiy zararni 82,2 mlrd yuan ($11,75 mlrd) deb baholamoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter