Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda bir haftada 210 kishi koronavirusdan vafot etdi

Qozog‘istonda bir haftada 210 kishi koronavirusdan vafot etdi

Foto: «Sputnik»

Qozog‘istonda koronavirus qurbonlari soni 13 — 19-iyul kunlari 210 kishiga ko‘paydi. COVID-19 tufayli umumiy vafot etganlar soni 585 kishiga yetdi, deya xabar berdi respublika sog‘liqni saqlash vazirligi.

12-iyul holatiga ko‘ra Qozog‘istonda koronavirus infeksiya tufayli 375 ta o‘lim holati qayd etilgandi. Hozirgi vaqtda sog‘liqni saqlash vazirligi COVID-19 tufayli vafot etganlarni har hafta e’lon qilish amaliyotini qo‘llamoqda.

«13 — 19-iyul kunlari Qozog‘istonda koronavirus infeksiyasi tufayli 210 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Respublika bo‘yicha jami 585 ta o‘lim holati qayd etildi», — deyiladi sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni jami 71 ming kishidan oshdi. 43 mingdan ziyod bemor kasallikdan tuzalgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring